Kassa va inkassatsiya
Bir nechta kassa, kirim va chiqim, valyuta bo‘yicha qoldiq. Kassir pulni topshirganda rahbar tasdiqlaydi.
Shartnoma va to‘lovlar
Shartnoma kompaniyangizning o‘z shabloni asosida bir necha daqiqada tuziladi, bo‘lib to‘lash grafigi o‘zi hisoblanadi. Har bir to‘lovdan keyin qarzdorlik o‘zi yangilanadi, muddati o‘tgan to‘lovlar esa qarzdorlar ro‘yxatida darhol ko‘rinadi.
Shartnomalar
Shartnoma bosqichma-bosqich ustada tuziladi: mijoz, xonadon va to‘lov shartlari. Holatlar, o‘zgartirishlar va to‘liq tarix saqlanadi — har bir sotuvni qaysi menejer va qaysi lid manbasi olib kelgani ko‘rinadi.
Bo‘lib to‘lash
Har bir shartnoma uchun boshlang‘ich va oylik to‘lovlar sanalari bilan jadval tuziladi. Kelgan pul eng eski qarzdan boshlab avtomatik taqsimlanadi — buxgalter qo‘lda hisoblab o‘tirmaydi.
To‘lovlar
Bitta to‘lovni naqd, Uzcard, Humo, P2P va bank o‘tkazmasiga bo‘lib qabul qilasiz. Takroriy kiritish bloklanadi, har bir amal tarixi saqlanadi.
Moliya
Savdo tushumi va qurilish xarajatlari bitta tizimda: har bir so‘m qayerdan kelib, qayerga ketgani ko‘rinadi.
Bir nechta kassa, kirim va chiqim, valyuta bo‘yicha qoldiq. Kassir pulni topshirganda rahbar tasdiqlaydi.
To‘lov usullari va xarajat turlari bo‘yicha hisob va statistika — pul qayerga ketayotgani aniq.
Yetkazib beruvchi va pudratchilar, ularning buyurtmalari va hisob-kitoblari kassa bilan bog‘langan.
Maosh davrlar bo‘yicha hisoblanadi va to‘lanadi, qoldiq keyingi davrga o‘tadi.
Qarzdorlik
Muddati o‘tgan barcha shartnomalar obyekt va blok bo‘yicha summasi bilan bitta ro‘yxatda. Har biriga izoh, rangli belgi va mas’ul qo‘yasiz — qarzni kim undirayotgani aniq.
Xaridor ilovasi
Xaridor SMS kod va pasport bilan kirib, shartnomasi, to‘lov jadvali va to‘lovlar tarixini ko‘radi. Ofisga «qancha qoldi?» degan qo‘ng‘iroqlar kamayadi.
To‘lovlar tarixi
Hisobotlar
Rahbar to‘lovlar holatini hisobot so‘ramasdan ko‘radi: kompyuterda, telefonda va Telegramda.
Savdo summasi, yig‘im darajasi, qarzlar, kassa va zaxira bitta ekranda.
Shartnomalar, to‘lovlar, to‘lov jadvallari, qarzdorlar va kassa harakati bir bosishda.
Tushum, rejadagi va kelgan to‘lovlar va qarzlar bo‘yicha hisobot AI xulosasi bilan.
«Bu oy qancha to‘lov yig‘dik?» desangiz, javob, Excel fayl yoki diagramma olasiz.
Savollar
Shartnoma tuzishda to‘lov shartlarini tanlaysiz — boshlang‘ich va oylik to‘lovlar jadvali sanalari bilan o‘zi tuziladi. Kelgan to‘lov eng eski qarzdan boshlab avtomatik taqsimlanadi. Qoidalar haqida: bo‘lib to‘lash grafigini to‘g‘ri tuzish.
Ha. Kompaniyaning o‘z Word shablonlari yuklanadi: mijoz ma’lumotlari, summa so‘z bilan, 1 m² narxi va to‘lov sanalari avtomatik qo‘yiladi, shartnoma va kvitansiya raqamlari o‘zi beriladi.
Ha. Narx va to‘lovlar so‘m va dollarda yuritiladi. Markaziy bank kursi har kuni avtomatik yangilanadi va har bir amalda qayd etiladi, shuning uchun eski to‘lovlar keyin qayta hisoblanib ketmaydi.
Muddati o‘tgan yoki yaqinlashayotgan to‘lov haqida mijozga sintezlangan ovoz bilan bir tomonlama qo‘ng‘iroq qilinadi: jadval bo‘yicha 08:00 dan 20:30 gacha yoki qarzdorlar sahifasidan qo‘lda. Shablonga mijoz ismi, shartnoma, summa va sana o‘zi qo‘yiladi. Qo‘ng‘iroqlar uchun kompaniya o‘z qo‘ng‘iroq provayderini ulaydi.
Ha. Xaridor ilovasida bo‘lib to‘lash summasini ATMOS orqali karta va SMS kod bilan to‘laydi, kartani saqlab avtoto‘lovni yoqishi mumkin; pul shartnomaga avtomatik tushadi. Onlayn to‘lovni yoqish uchun kompaniya ATMOS bilan o‘z shartnomasini tuzib, uni tizimga ulaydi. Batafsil: mobil ilovalar.
Ha. Bir nechta kassa, kirim va chiqim, xarajat turlari, yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitob hamda xodimlar ish haqi (fiks va KPI) bitta modulda — qurilish xarajatlari savdo tushumi yonida ko‘rinadi.
Foydali
Bepul demo
Demo davomida shartnoma shabloningiz, to‘lov grafigi va qarzdorlar ro‘yxati SaleHouse’da qanday ishlashini ko‘rsatamiz. Ariza qoldiring yoki Telegramda yozing.