Hech bir murojaat yo‘qolmaydi
Qo‘ng‘iroq, Telegram va botdan kelgan lid manbasi bilan saqlanadi va mas’ul menejerga avtomatik biriktiriladi.
Quruvchilar uchun CRM
Qo‘ng‘iroq, Telegram yoki bot orqali kelgan har bir murojaat CRMga tushadi, menejerga darhol biriktiriladi va shartnoma imzolanguncha nazoratda turadi. Mijozlar bazasi, vazifalar, telefoniya va sotuv tahlili — bitta tizimda.
Nega SaleHouse
Oddiy CRM mijoz va bitimni biladi, lekin xonadon, bron, bo‘lib to‘lash va qarzdorlikni bilmaydi. SaleHouse uy sotish uchun yaratilgan: lid bir bosishda mijoz va shartnomaga aylanadi, to‘lovlar esa o‘sha kartada ko‘rinadi.
Qo‘ng‘iroq, Telegram va botdan kelgan lid manbasi bilan saqlanadi va mas’ul menejerga avtomatik biriktiriladi.
Kim nechta lid oldi, qaysi vazifani kechiktirdi va nechta shartnoma tuzdi — taxmin emas, aniq raqamlar.
Mijoz ma’lumotlari qayta yozilmaydi: shartnoma va to‘lovlar o‘sha lid tarixida turadi.
Sotuv voronkasi
Bir nechta voronka yarating va bosqichlarni o‘zingiz sozlang. Lidni Kanban doskada keyingi bosqichga sudrab o‘tkazasiz yoki jadval ko‘rinishida filtrlab, Excelga chiqarasiz.
Umumiy navbat, foiz ulushi bo‘yicha avtomatik, dispetcher orqali yoki lidni qo‘shgan xodimga.
Lid menejerga darhol yetadi, ikki xodim bitta mijozni ola olmaydi.
Lid ism, telefon yoki manba bo‘yicha soniyalarda topiladi; hudud va teglar bilan saralanadi.
Har bir loyiha yoki sotuv kanali uchun o‘z bosqichlari bilan alohida voronka.
Mijozlar bazasi
Xaridorning pasporti, JSHSHIR, manzili va telefonlari, kompaniyaning STIR va bank rekvizitlari bitta kartada saqlanadi va shartnomaga avtomatik qo‘yiladi.
Vazifalar
Uchrashuv, qayta qo‘ng‘iroq va obyektni ko‘rsatish — har bir vazifa muddati, muhimligi va mas’uli bilan. Doska ularni kechikkan, bugun, ertaga va keyinroq ustunlariga ajratadi.
Telefoniya
Ofis telefoniyasi CRM bilan ulanadi: har bir qo‘ng‘iroq va uning yozuvi lid kartasiga tushadi. Menejer brauzerdan bir bosishda qo‘ng‘iroq qiladi, katta ro‘yxatlarni esa avtoqo‘ng‘iroq navbati bilan bir necha barobar tez qamrab oladi.
Telegram
Kompaniyaning Telegram akkauntlari CRM ichidagi umumiy inboksga ulanadi, yangi yozishma avtomatik lidga aylanadi. AI bo‘sh xonadonlarni xona, narx va maydon bo‘yicha topib, rasmlari bilan javob loyihasini tayyorlaydi — mijozga faqat menejer tasdiqlagan javob ketadi.
SMS va mijoz bahosi
Mijoz har bir to‘lovi haqida SMS oladi, siz esa xizmatingiz unga qanchalik yoqqanini bilib turasiz.
To‘lov qabul qilinganda, o‘zgarganda yoki bekor qilinganda mijozga SMS o‘zi boradi.
Shablon asosida obyekt yoki blok xaridorlariga, qarzdorlarga darhol yoki belgilangan vaqtda SMS yuborasiz. Yetkazilish holati jurnalda ko‘rinadi, yuborish Eskiz orqali.
Mijozga shaxsiy havola yuborib, xizmatni 0 dan 10 gacha ballda baholatasiz; natija CRM analitikasida ko‘rinadi.
Analitika
Savdo qaysi bosqichda yo‘qolayotganini taxmin qilmaysiz — ko‘rasiz. Voronka konversiyasi, lid manbalari, javob tezligi va har bir xodimning natijasi bitta hisobotda.
Xavfsizlik
Har bir rolga faqat kerakli huquqlar beriladi — masalan, menejer, kassir va direktor turli bo‘lim va amallarni ko‘radi. Jami 27 guruhdagi 121 ta amal va 14 ta sahifa ruxsati.
Har bir rol uchun amallar alohida yoqiladi yoki o‘chiriladi.
Holding bir akkauntda bir nechta yuridik shaxsni yuritadi, xodim faqat o‘ziga biriktirilgan kompaniyalarni ko‘radi.
Faol seanslar qurilma va IP bilan ko‘rinadi, audit jurnali o‘zgarishni oldin va keyin holatida saqlaydi.
O‘zbek, rus, ingliz va yana olti tilda — har bir xodim o‘z tilida ishlaydi.
Savollar
SaleHouse uy sotish jarayoniga moslangan: lidlar va voronkalar bilan birga xonadonlar shaxmatkasi, bron, shartnoma, bo‘lib to‘lash grafigi va qarzdorlik bitta tizimda. Lid bir bosishda mijoz va shartnomaga aylanadi, to‘lovlar esa o‘sha kartada ko‘rinadi. Xonadonlar bilan ishlash haqida: xonadonlar shaxmatkasi.
Usulni kompaniya o‘zi tanlaydi: umumiy navbat, foiz ulushi bo‘yicha avtomatik taqsimlash, dispetcher orqali yoki lidni qo‘shgan xodimga biriktirish. Lid menejerga darhol yetadi va ikki xodim bitta lidni ola olmaydi.
Ha. IP-telefoniya integratsiyasi orqali har bir qo‘ng‘iroq va uning yozuvi lid kartasiga tushadi, kiruvchi qo‘ng‘iroq lidni o‘zi topadi yoki yaratadi. Menejerlar brauzerdagi softfondan qo‘ng‘iroq qiladi. Ofisingiz telefoniyasini ulash imkoniyatini demo paytida birga ko‘rib chiqamiz.
Yo‘q. Telegram inboksida AI faqat javob loyihasini tayyorlaydi: bo‘sh xonadonlarni xona, narx va maydon bo‘yicha topib, rasmlari bilan taklif qiladi. Mijozga javob menejer tasdiqlagandan keyin yuboriladi. AI imkoniyatlari haqida: sotuv bo‘limi uchun sun’iy intellekt.
CRM analitikasida voronka konversiyasi, lid manbalari, javob tezligi, maqsadlar va 30/60/90 kunlik prognoz ko‘rinadi. Xodimlar samaradorligi sahifasida har bir menejerning lidlari, shartnomalari va kechikkan vazifalari bor, AI esa qisqa xulosa yozadi. Har kuni Telegramga kunlik hisobot keladi.
Har bir xodim faqat o‘z roliga ruxsat berilgan bo‘lim va amallarni ko‘radi: 27 guruhdagi 121 ta amal va 14 ta sahifa ruxsati sozlanadi. Har bir kompaniya ma’lumoti boshqalardan qat’iy ajratilgan, faol seanslar nazorat qilinadi, audit jurnali har bir o‘zgarishni saqlaydi.
Davomi
Bepul demo
Demo davomida voronkangiz, lidlarni taqsimlash qoidalari va telefoniyangiz SaleHouse’da qanday ishlashini ko‘rsatamiz. Ariza qoldiring yoki Telegramda yozing.